Biroz avval, Surxondaryo viloyati hokimi bilan tortishgan o`qituvchi kaltaklangani haqida xabar bergan edik.
Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, viloyat hokimi Ulug`bek Qosimov Tursunovadan xabar olish uchun shifoxonaga yo`lga chiqdi.
"Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova bilan bog`liq yuz bergan vaziyatdan chuqur afsusdamiz" deyiladi xabarda.
Ma`lum bo`lishicha, jabrlanuvchi tibbiyot muassasiga etkazilib, tegishli muolajalar ko`rsatilgan. Gumonlanuvchi tuman IIBga olib kelinib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan tegishli huquq-tartibot organlari tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va nazoratga olingan.






