AsosiyJamiyat

Surxondaryolik o`qituvchini kim kaltaklagani ma`lum bo`ldi

'Surxondaryolik o`qituvchini kim kaltaklagani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Biroz avval, Surxondaryo viloyati hokimi bilan tortishgan o`qituvchi kaltaklangani  haqida xabar bergan edik.

Viloyat prokuraturasi vaziyat rasmiy bayonot berdi:
"Sariosiyo tumanidagi 28-umumiy o`rta ta`lim maktabining direktori o`qituvchining yaqin qarindoshlari tomonidan kaltaklanganligi holati yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoxabar bo`yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazildi. 
Aniqlanishicha, maktab direktori U.T. maktab o`qituvchisi D.K.ning dars soatlarini asossiz ravishda kamaytiriganligi sababli turmush o`rtog`i Y.M. tomonidan urib, engil tan jarohati etkazilgan. 
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi  (qasddan badanga engil shikast etkazish) 2-qismi va 277-moddasi (bezorilik)  3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda" deyiladi rasmiy xabarda.
Gumon qilinuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan. 
Jinoyat ishining tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o`tamiz, viloyat hokimi Ulug`bek Qosimov Tursunovadan xabar oldi.

    Boshqa yangiliklar