AsosiyDunyo

Singapurda yangi prezident saylandi

'Singapurda yangi prezident saylandi'ning rasmi

Singapur bosh vazirining sobiq o`rinbosari Tarman Shanmugaratnam prezidentlik saylovlarida 70,4 foiz ovoz bilan g`alaba qozondi, deya xabar bermoqda “Sinxua” axborot agentligi.

Uning prezidentlikdagi raqiblari Ng Kok Song va Tan Kin Lian 15,72% va 13,88% ovoz to`pladi. Saylovlarda jami 2,48 milliondan ortiq singapurlik ovoz berdi.

Eslatib o`tamiz, joriy yil 23 may kuni Singapurning ayni vaqtga qadar prezidenti bo`lgan Halima Yoqub yo`lovchi samolyotda O`zbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida 7 ta muhim hujjat imzolangan. Shuningdek, u yo`lovchi poezdda Samarqandga ham borgani keng muhokama etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar