AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik aktyor va aktrisa xalqaro kinofestivalda mukofotlandi

'O`zbekistonlik aktyor va aktrisa xalqaro kinofestivalda mukofotlandi'ning rasmi

Sankt-Peterburgda IV “Lendok” Xalqaro kinofestivali bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematorgafiya agentligi vakillaridan iborat O`zbekiston delegasiyasi ham ishtirok etdi.

Taniqli rejissyor Ali Hamroev kinofestival hay`ati a`zolari tarkibidan joy oldi.

Festival doirasida badiiy, hamkorlikda ishlangan va boshqa filmlarning tanlovlari o`tkazildi.

Unda O`zbekiston, Qirg`iziston, Ozarbayjon, Qozog`iston, Tojikiston, Eron, Bahreyn, Suriya, Turkmaniston, Rossiya va Belarus kabi davlatlarning kino san`ati ustalari ishtirok etdi.

Tanlov dasturida qatnashish uchun 300 ga yaqin ariza topshirildi, hakamlar 10 ta filmni saralab olishdi.

Xususan, iqtidorli aktyor Saydulla Moldaxanov va aktrisa Oysanam Yusupova “O`zbek qizi” va “Dasht” badiiy kinofilmlari bilan “Eng yaxshi ayol roli” va “Eng yaxshi erkak roli” nominasiyalarida mukofotga sazovor bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar