AsosiyJamiyat

Taniqli shoir G`ulom Fathiddin vafot etdi

'Taniqli shoir G`ulom Fathiddin vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi uyushma a`zosi, taniqli shoir G`ulom Fathiddin vafot etdi. Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Janoza namozi bugun soat 11:00da Rishton tumani Vohim qishlog`i Vohim ko`chasi 20-uyda o`qiladi.

Ma`lumot uchun, G`ulom Fathiddin 1955 yilda Farg`ona viloyatining Rishton tumanidagi Vohim qishlog`ida tug`ilgan. ToshDU (bugungi Milliy universitet)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. Bir necha she`riy to`plamlari nashr etilgan.

    Boshqa yangiliklar