Toir Alimatov Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vaziri o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2 sentyabr kuni bu prezidentning tegishli qarori imzolangan.
Toir Alimatov tayinlovga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi bo`lim boshlig`i lavozimida ishlab kelgan.