Bugun qariyb 733 ming nafar bola 1-sinfga qadam qo`ydi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Yangi o`quv yiliga, 1-sinfga qabul jarayonlari 20 iyundan boshlangan.
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi 2023/2024-o`quv yili boshlanishi munosabati bilan bog`chalarda “Salom, bog`cha”, maktablarda “Birinchi qo`ng`iroq”, “Mustaqillik darsi” tadbirlarini o`tkazish bo`yicha tavsiya hamda namunaviy ssenariy ishlab chiqqandi.
Ta`limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Vohid Hamidovga ko`ra, endi har bir o`quvchining qiziqishidan kelib chiqqan holda o`qish davomettiriladi. Bunga qadar 1-sinfdan 11-sinfgacha bo`lgan o`quvchilar bir xil ta`lim dasturi asosida bilim olgan.
Shuningdek, 1-sinfga chiqishi rejalashtirilgan 732 960 nafar bola uchun “Prezident sovg`asi” xaridi amalga oshirilib, tuman bo`limlari orqali hududlarga etkazilmoqda. "Prezident sovg`asi" ichida 12 turdagi o`quv qurollari bor.






