Bayram kunlarida kuzatilgan iliq va quyoshli ob-havodan so`ng, kecha kechqurun respublikamiz hududiga G`arbiy Qozog`iston hududlaridan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi kirib keldi, deya xabar bermoqda O`zgidromet.
Bugun ertalab Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ib o`tdi.
Bugungi kun davomida O`zbekiston hududi bo`yicha havo biroz bulutli bo`ladi, sharqiy hududlarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysining ayrim joylarida kunning birinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechagi kunga nisbatan 3-5o ga past bo`lib, 24-27o ni tashkil etadi.
5 sentyabrdan va deyarli ish haftasining oxirigacha O`zbekiston hududi bo`yicha havo quruq va kam bulutli bo`ladi, faqat Farg`ona viloyatining tog`li hududlarida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin.
8 sentyabr, juma kuni bulutlilik kuchayishi kutilmoqda, respublikaning ayrim tog` oldi va tog`li hududlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi.
Haftaning birinchi yarmida ayniqsa kechasi va ertalab nisbatan salqin bo`ladi. Harorat asosan kechalari 10-13o, kunduz kunlari 26-29o bo`ladi. Haftaning ikkinchi yarmida harorat kechalari 15-18o gacha, kunduz kunlari 29-32o gacha ko`tariladi.
Poytaxtimizda:
5-8 sentyabr kunlari havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 7-8 sentyabrda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 sentyabrda kechasi 11-13o, kunduzi 25-27o bo`ladi, 6-8 sentyabrda kechalari 15-18o gacha, kunduz kunlari 29-32o gacha ko`tariladi.






