AsosiyJamiyat

Samarqand Oziq-ovqat xavfsizligiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya o`tkaziladi

'Samarqand Oziq-ovqat xavfsizligiga bag`ishlangan xalqaro konferensiya o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yilning 7-8 sentyabr kunlari Samarqand Oziq-ovqat xavfsizligiga bag`ishlangan xalqaro konferensiyaga mezbonlik qiladi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, tadbir o`tkazilishi rejalashtirilgan Kongress xollda xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha shtab 15-avgustdan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun dunyoning 32 ta mamlakatidan tashrif buyuradigan 2330 nafar xorijiy ekspert anjuman doirasida dunyodagi global o`zgarishlar borasidagi o`z fikr-mulohazalari bilan o`rtoqlashadilar.

Chunonchi, qishloq xo`jaligi ekinlarini etishtirish va qayta ishlash dasturlarini ishlab chiqish, to`g`ridan-to`g`ri o`zaro etkazib berishning kelishilgan sxemalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash masalasining barcha sohalarida, shu jumladan suv va er resurslari, raqamlashtirish va innovasiyalar, dengizga chiqa olmaydigan mamlakatlarga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berish uchun samarali logistika, «Yashil» va ekspress yo`laklarni tashkil etish masalalari, qishloq xo`jalik mahsulotlarini etishtirishdagi innovasion va yaxshi natija bergan loyihalarga keng o`rin ajratiladi.

Konferensiya doirasida milliy, mintaqaviy va global miqyosda oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlashning hozirgi holati to`g`risida keng fikr almashiladi.

Nol ochlik. 2030 yilgacha ochlikni yo`q qilish, barqaror qishloq xo`jaligini rivojlantirishda aniq vazifalarni o`z ichiga olgan “Nol ochlik”ka erishish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish holati chuqur tahlil qilinadi.

Qolaversa, anjuman yakunida zaminimiz istiqboliga qaratilgan loyihalar taqdimoti o`rin olgan investision forum o`tkazilishi ham rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar