AsosiyJamiyat

"Bitta oilani eplash qo`lidan kelmagan "qahramonlar" va behujjat ayollar ko`payib ketdi". Alisher Qodirov keng muhokama qilinayotgan Qonun loyihasi nega kerakligini asosladi

'"Bitta oilani eplash qo`lidan kelmagan "qahramonlar" va behujjat ayollar ko`payib ketdi". Alisher Qodirov keng muhokama qilinayotgan Qonun loyihasi nega kerakligini asosladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekistonda ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo`lib yashashni targ`ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan ochiq inkor etganlik uchun ma`muriy javobgarlik ko`zda tutilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Jinoyat va Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodekslarga qo`shimchalar faol muhokama qilinayapti.  

Masala yuzasidan loyihani qabul qilgan duputatlar qatorida "Milliy tiklanish" aprtiyasi etakchisi Alisher Qodirov shaxsiy fikrini bildirib o`tdi. 

Afsus, doimgidek, “og`zingni och, ko`zingni yop” usulida dumaloq-yostiq, trolling va xeytlar kam emas. Bu cheklovlar bilan jamiyatimizning qadrli mezonlarini himoya qilishga umid qilayapmiz. Oila, ayol, avrat, nikoh, farzand… hammamiz uchun, juda qadrli mezonlar! Bugungi ahvolimizga qarang! Kim qadrli mezonlarimizni xavf faktorlariga aylantirib yuborayapti!?

Masalan, dinimizda ayol kishining yuzi avrat emas, lekin e`tiqodni niqob qilib, yuzini tamoman yopib olgan “maqsadi noma`lum”, burqa kiyib olgan erkaklar qo`lga tushdi, ular kimlar va maqsadlari nima?! Avratni yopib yurish shart, lekin yuzingni ochib yur, Yaratgan yuzni avrat qilmadiku? Jamiyat, qolaversa yaqinlarimizni xavfsizligi uchun bunga e`tibor bermaslik mumkinmi?"- jeya yuzni berkitib yurish taqiqlanishi lozimligi haqida o`z mulohazalarini keltirgan deputat. 

Shuningdek, Qodirov keng muhokama bo`layotgan qo`shxotinlikni targ`ib qilishni taqiqlash yuzasidan ham gapirdi. 

"Nikoh birinchi navbatda majburiyat! Nikoh o`qitib olib, uchta-to`rttalab farzandni ko`chaga tashlab ketayotgan "erkak"lar ko`payib ketdi, bu statistika! Davlatga ko`rinmaydigan, qonunga asosan yordam berish mumkin bo`lmagan behujjat ayollar, bolalar keskin ortib ketdi, bu ketishda nima bo`ladi?! Nikoh, oila, farzand shunchalar beqadr bo`ldimi?

Nikoh ta`qiqlanmadi, uni mustahkamlash uchun tartibga solinayapti: avval ro`yhatdan o`t, davlat har bir fuqaroni hisobini bilishi kerak!

Reklama birinchi bo`lib qorni ochga ta`sir qilganidek, bitta oilani eplash qo`lidan kelmagan "qahramonlar", dinimizda belgilangan aniq va juda og`ir shartlar va majburiyatlarga qaramay, bir kalla qand bilan nikoh o`qitib olib, g`o`ddayib “alimentdan qochib yurishibdi”!

Bu nikohga isnod, ayolni ho`rlash emasmi!? Farosat va diniy bilimi borlar tushunadigan cheklovni ta`qiq deb baqirayotganlar aynan shu "g`o`dayganlar" bo`lib chiqsa hayron bo`lmayman", - deydi deputat. 

Derutat shuningdek, nega jazo kuchaytirilishi kerakligiga ham izoh berdi. 

"E`tiqod sababli kamsitish kabi sovet kasalidan qutulayapmiz, lekin milliy, etnik, "ko`pchilik-ozchilik" niqobini kiyib olib, qolganlarni kamsitish, og`ziga urish, provokasiya qilish, yo`q joyda nizo, adovat qo`zg`atishning maqsad-oqibatlari haqida soatlab yozish mumkin. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun huquqiy asos yaratilmoqda!

Oson bo`ladimi huquqiy baho!? Albatta yo`q, lekin qarab turmoqchi emasmiz! Amaliyot xato ko`rsatsa, tuzatiladi, tahlillar to`xtatilmaydi!

Albatta yozib, hammasini tushuntirish qiyin, ayniqsa o`jarlik bilan ko`zini ochishni rad etayotganlarga!

Lekin, bir narsani aniq aytaman, qonunlar ishlanayotganida mutaxassislar, soha bilimdonlari bilan maslahat qilinadi.

Siz tushunmayapsiz degani, xato degani emas! Muammolarni muhokama qilishni o`rganishimiz kerak. Qonunchilik palatasida xalq, millat, davlat, qadriyatlarni haqida qarorlar etmish marta o`lchanadi, bu muhim qoida! Gohida, hammaga ham yoqmaydigan, lekin hamma uchun zarur qarorlar ham qabul qilinadi, buni hammaga tushuntirib bo`lmaydi!

Ba`zida himoya qilish ozor berish orqali bo`ladi, davolash og`riq bilan bo`lganidek! Harakatlar, qarashlar, fikrlar har-xil bo`lishi mumkin, lekin maqsadimiz va O`zbekistonimiz bitta! Bir-birimizni asrashni o`rganmasak el bo`lolmaymiz!"-  deydi so`zi yakunida Alisher Qodirov. 

 

    Boshqa yangiliklar