Yong`in-qutqaruv sporti bo`yicha Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida O`zbekiston terma jamoasi musobaqa g`olibi bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Musobaqa yakuniga ko`ra, O`zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 1-o`rinni egalladi. Yong`in-qutqaruv sporti bo`yicha tarixda ilk bor jahon chempionati kubogi O`zbekistonga olib kelinadi.






