AsosiyJamiyat

Isoqjon domla o`rniga Toshkentdagi “Imom at-Termiziy” jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi

'Isoqjon domla o`rniga Toshkentdagi “Imom at-Termiziy” jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi'ning rasmi

Bugun Toshkent shahar Olmazor tumanidagi "Imom at-Termiziy" jome masjidiga shu paytgacha tumandagi "Imom al-Buxoriy" masjidi imomi bo`lib ishlab kelayotgan Yahyo domla Abdurahmonov tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shom namoziga mazkur masjidga tashrif buyurib, namozxonlarga yangi imomni tanishtirdilar.

Shundan so`ng Abduqahhor domla jamoat bilan birga Yahyo domlaning ishlariga Alloh taolodan muvaffaqiyatlar tilab, xayrli duolar qildilar.

Eslatib o`tamiz, imom-xatibi Isoqjon Begmatov imom-xatib soliqlar va "keshbek" haqidagi chiqishi munozaralarga sabab bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar