Joriy yilning 7-8 sentyabr kunlari Samarqand shahrida oziq-ovqat xavfsizligi bo`yicha xalqaro konferensiya bo`lib o`tishi rejalashtirilgan bo`lib, mazkur tadbirni yuqori saviyada o`tkazish maqsadida Samarqand shahrining ba`zi yo`llari transport vositalarining harakatlanishi uchun vaqti-vaqti bilan yopiladi Bu haqda Samarqand shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Vujudga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo`llar tashkil etilgan.
"Eslatib o`tamiz, harakat qatnovi cheklangan ko`chalarda bemorlar va shoshilinch tibbiy yordamga zarurati bor fuqarolarga istisno tariqasida ruxsat beriladi" deyiladi xabarda.






