O`zbekiston Respublikasi Iktisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Moliya organlari xamda byudjet tashkilotlarining moliya-hisob bo`linmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash o`quv markazida “Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish jarayoni doirasida vazirlik va idoralar mas`ullari uchun qishloq xo`jaligi bo`yicha” seminar bo`lib o`tmoqda.
Seminarning birinchi kunida O`zbekiston Respublikasi Iqtisojiyot va moliya vaziri o`rinbosari Axadbek Xaydarov hamda Jahon savdo tashkiloti (JST) Kotibiyatining qishloq xo`jaligi masalalari bo`yicha eksperti Divakar Diksit ishtirok etdi.
Axadbek Xaydarov kirish so`zida O`zbekistonning JSTga a`zo bo`lishi yuzasidan muzokaralar olib borilayotgan bir paytda qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tizimini tashkilot talablariga mos holga keltirish muhim vazifalardan sanalishini ta`kidladi.
O`zbekiston qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash va eksport subsidiyalari to`g`risidagi ma`lumotlarni tashkilot kotibiyatiga 2004 yilda O`zbekiston Respublikasining JSTga qo`shilish bo`yicha Ishchi Guruhining 2-yig`ilishiarafasida taqdim etgan.
2021 yilda O`zbekiston tomoni 16 yillik tanaffusdan so`ng JST Kotibiyatiga xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda tayyorlangan, 2016–2018 yillarda qishloq xo`jaligini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash va eksport subsidiyalari bo`yicha yangilangan ma`lumotlar, shuningdek, qo`shimcha statistik jadvallarni taqdim etdi.
A. Xaydarov: “Shu bilan birga, joriy yil mart oyida bo`lib o`tgan ko`p tomonlama muzokaralarda JSTga mamlakatlar tomonidan, O`zbekiston Respublikasida 2020–2022 yillarda qishloq xo`jaligini qo`llab-quvvatlash bo`yicha ajratilgan mablag`lar to`g`risidagi ma`lumotlarni taqdim etish zarurligi ma`lum qilingan bo`lib, hozirda mazkur ma`lumotlar tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan qayta shakllantirilmoqda”.
Shuningdek, seminarda mamlakatimizda qishloq xo`jaligini tartibga solish va qo`llab-quvvatlash borasida JSTga taqdim etiladigan ma`lumotlarni tashkilot va Qishloq xo`jaligi to`g`risidagi Bitim talablariga muvofiq shakllantirishda janob Dikavir Diksitning tajribasi muhimligi aytib o`tildi.
Yakunda hafta oxirigacha davom etadigan seminar mazmunli ruhda o`tishi hamda ishtirokchilar o`zlari uchun kerakli bilim va ko`nikmalarni egallashlariga umid bildirildi.






