AsosiyJamiyat

Toshkentdagi chang bo`ron boshqa viloyatlarda ham kuzatildi

'Toshkentdagi chang bo`ron boshqa viloyatlarda ham kuzatildi'ning rasmi

Toshkent shahrida kuchli changli shamol ko`tarilgani haqida xabar qilgan edik. Ushbu chang bo`ron bilan bog`liq hodisalar boshqa viloyatlarda ham kuzatildi.

Nam havo oqimi frontal qismida esgan kuchli shamollar Xorazm, Navoiy, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati ko`plab tumanlarida chang bo`ron, chang to`zonlari ko`tarilishiga olib kelgan. Hududlarda ko`rinish masofasi 500-2000 metrgacha cheklangan.

Poytaxtda chang to`zon bilan bog`liq hodisa soat 15.05 dan boshlanib, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchaygan. Natijada ko`rinish masofasi minimum 1400 metrgacha cheklangan.

Poytaxtda soat 16.00 va 17.00 orasida stasionar kuzatuv postlarida havo tarkibidagi PM-2,5 mayda dispers zarrachalari jahon sog`liqni saqlash reglamenti bo`yicha ruxsat etilgan me`yordan 43 barobargacha ortgan.

    Boshqa yangiliklar