1

Nodavlat OAV jurnalistlari saylov jarayonini yoritish bo`yicha Germaniya tajribasini o`rganishmoqda

Jamiyat 24.10.2016, 09:59
Teglar: OAV
Nodavlat OAV jurnalistlari saylov jarayonini yoritish bo`yicha Germaniya tajribasini o`rganishmoqda

23 oktyabr kuni «Bunyodkor» telemajmuasida saylov tajribasini yoritish bo`yicha xalqaro tajribani o`rganishga bag`ishlangan seminar-treninglarning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. 

Tadbirda nodavlat teleradiostudiyalar, O`EOAVMA vakillari, Konrad Adenauer nomli jamg`armaning Markaziy Osiyo bo`yicha hududiy vakolatxonasi, shuningdek O`zbekiston Markaziy saylov komissiyasi ekspertlari ishtirok etishdi. 

Treninglarni etakchi nemis ekspertlar Germaniya telekompaniyalar Federal uyushmasi Prezidenti Rene Falkner va mashhur mustaqil jurnalist Birgit Vetsel olib bordi.  

Germaniyalik ekspert Rene Falkner 11 kun davomida seminar ishtirokchilari bilan yangi texnologik ishlanmalarni qo`llash bilan mashhur reyting tok-shoular tayyorlash bo`yicha jahon tajribasi bilan bo`lishadi.

To`rt kun davomid Birgit Vetsel boshchiligida seminar-trening ishtirokchilari bo`lgan turli radiostansiya jurnalistlari efirni yangi  kreativ eshittirishlar bilan to`ldirishning eng ilg`or tajribalarini o`rganishadi, axborot uzatishning nostandart usullari va ko`proq radiotinglovchi jalb qilish imkoniyatlari bilan tanishishadi. Seminar-trening ochilish marosimida uning yakuniy natijasida “Saylov kundaligi” har kunlik maxsus dastur tashkil etilishi belgilab olindi.  

- Men yosh jurnalistlar bilan saylov va saylovoldi jarayonlarini yoritish yuzasidan mashg`ulotlar olib borishdan mamnunman. O`zbek hamkasblarim bilan yagona maqsadimiz saylov mavzusiga oid sifatli media mahsulot tayyorlash hamda to`liq radio yangiliklar berishdan iborat. Seminar ishtirokchilari – asosan yoshlar va bu meni yanada ilhomlantiradi. Men O`zbekistonda bo`lgan vaqtimda jurnalistlaringiz mahorati yildan-yilga ortib borayotganini guvohi bo`lyapman, - deydi Birgit Vesel  

Doktor Tomas Kunse ham ushbu mashg`ulotlar O`zbekiston Respublikasi Prezident saylovining professional darajada yoritilishiga o`z hissasini qo`shishidan umidvorligini izhor etdi. Biz o`zbek jurnalistlari bilan tajriba almashishdan faqat hursand bo`lamiz.

- Ushbu seminarlar jurnalistlarning saylov mavzusida savodxonligini oshirish bo`yicha “ilk qaldirg`och” bo`lib, kelgusida ham biz Assosiasiya jurnalistlarining O`zbekiston Prezidenti saylovini yoritishda professionalligini oshirish maqsadida ularni davom ettirishni rejalashtiryapmiz, -  deydi O`zEOVMA raisi Firdavs Abduxoliqov mediatadbirning ochilish marosimida.

Seminar-treninglar 2 noyabrga qadar davom etadi.








Sharhlar

2021 yilda dunyo bo`yicha nechta jurnalist o`ldirilgani ma`lum qilindi

03.01.2022, 15:38

2021 yil yakunlariga ko`ra, dunyo bo`yicha 45 nafar jurnalist o`ldirilgani ma`lum qildi. Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federasiyasi ma`lum yil yakunlari bo`yicha bergan hisobotida aytib o`tdi. Ma`lum...
OAV xodimlari badminton bo`yicha musobaqa o`tkazildi

25.12.2021, 21:45

Xabar berganimizdek, bugun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari o`rtasida badminton musobaqasi o`tkazildi.Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa jurnalistlar va...
Prezidentlikka nomzodlarning OAVda chiqish tartibi tasdiqlandi

17.09.2021, 12:26

Prezidentlikka nomzodlarning OAVda chiqish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining kotibi  Xudoyor Mamatov ma`lum qildi.Unga ko`ra, saylovoldi tashviqoti davrida O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ommaviy axborot...
Sog`liqni saqlash vazirligi jurnalistlardan har bir jarayonga xolis yondashishni so`radi

06.11.2019, 18:36

Sog`liqni saqlash vazirligi Ommaviy axborot vositalari vakillaridan har bir jarayonga, bildirilgan munosabatga nisbatan xolis yondashishlarini so`radi.Bugungi kunda yurtimizda demokratik islohotlarni jadallashtirish, barcha sohalarda shaffoflikni ta`minlashga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1