Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan hamkorlikda Sirdaryo, Surxondaryo va Farg`ona viloyatlarida o`tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Xususan:
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanidagi “I. T” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchasi elektr tarmog`iga noqonuniy ulanib, davlat manfaatlariga 783 mln 516 ming so`m (1 mln 741 ming 247 kVt•soat);
Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “S.A.F.” MChJga qarashli issiqxonaning elektr hisoblagichi noto`g`ri ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 133 mln 920 ming so`m (297 ming 600 kVt.soat);
Farg`ona viloyati, Yozyovon tumanida fuqaro A. X. ga tegishli chorva xo`jaligi elektr tarmog`iga noqonuniy ulanib olganligi natijasida davlat manfaatlariga 118 mln 918 ming so`m (264 ming kVt•soat), jami 1 mlrd 36 mln 354 ming miqdorida zarar etkazganligi aniqlandi.
Ma`lumot uchun: ushbu hajmdagi elektr energiyasi 11 514 ta xonadonning bir oylik iste`moliga teng.
Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi, deyiladi xabarda.
13.09.2023 09:26
Sirdaryo, Surxondaryo va Farg`onada elektrdan noqonuniy foydalangan iste`molchilar aniqlandi
