AsosiyJamiyat

2030 yilga qadar O`zbekistonda tug`uruq o`rinlari soni 35 foizga oshiriladi

'2030 yilga qadar O`zbekistonda tug`uruq o`rinlari soni 35 foizga oshiriladi'ning rasmi

"O`zbekiston — 2030" strategiyasiga ko`ra, chaqaloqlarda irsiy kasalliklar bo`yicha selektiv skrining tekshiruvlar qamrovini kamida 50 foizga oshiriladi.

Bolalar o`rtasida irsiy kasalliklarni 2 barobarga qisqartiradi.

2030 yilga qadar homiladorlik aniqlangan vaqtdan boshlab tug`uruqdan so`ng 42 kun ichida ayollar, go`daklar va besh yoshgacha bolalar orasidagi o`limni 2 barobarga kamaytirish maqsad qilingan.

Tug`uruq o`rinlari soni 35 foizga oshiriladi.

6-23 oylik bolalarni mikronutrient kukuni, 2-10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo`yicha maxsus preparatlar, 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati, 15-35 yoshdagi xotin-qizlarni polivitamin, temir va folik kislotasi bilan bepul ta`minlash ishlari rivojlantiriladi.

Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida yuqumli va yuqumli bo`lmagan kasalliklar tarqalishi 20 foizga qisqarishiga erishiladi.  

    Boshqa yangiliklar