AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar 2-oktyabrda ham dam oladi. Sababi...

'O`zbekistonliklar 2-oktyabrda ham dam oladi. Sababi...'ning rasmi

Ilk marta 1 oktyabr — O`qituvchi va murabbiylar kuni yakshanbaga to`g`ri kelgani sababli dam olish kuni dushanbaga ko`chiriladi. Bu haqda Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko`ra, Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi 1 oktyabr — O`qituvchi va murabbiylar kuni 2023 yilda yakshanba, dam olish kuniga to`g`ri kelgani munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023 yil 2 oktyabr, dushanba kuniga ko`chiriladi.

Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko`rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to`xtatib qo`yish mumkin bo`lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko`chirilmaydi.

    Boshqa yangiliklar