AsosiyJamiyat

"Afg`oniston vakillarini suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo`yicha mintaqaviy muloqotga jalb etish masalasini ko`rib chiqishni taklif etamiz"

'"Afg`oniston vakillarini suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo`yicha mintaqaviy muloqotga jalb etish masalasini ko`rib chiqishni taklif etamiz"'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi ta`sischi davlatlari rahbarlari kengashi majlisida “Qo`shtepa” kanali haqida gapirdi.

“Mohiyat-e`tiboriga ko`ra, mintaqamizda suvdan foydalanish jarayonida bizning mamlakatlarimiz bilan hech qanday majburiyat asosida bog`lanmagan yangi ishtirokchi paydo bo`ldi.

Afg`on tomoni kanalni qurish bo`yicha faol ish olib borayotganini yaxshi bilasiz.

Uning ishga tushirilishi Markaziy Osiyodagi suvdan foydalanish tartibi va muvozanatini tubdan o`zgartirib yuborishi mumkin.

“Qo`shtepa” kanalining qurilishi va uning Amudaryo suvidan foydalanish tartibiga ta`siri bilan bog`liq barcha jihatlarni mamlakatlarimizdagi tadqiqot institutlarini jalb etgan holda o`rganish bo`yicha Qo`shma ishchi guruhini shakllantirish zarur, deb hisoblaymiz.

Afg`oniston vakillarini suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo`yicha mintaqaviy muloqotga jalb etish masalasini ko`rib chiqishni taklif etamiz”, — dedi davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar