AsosiyDunyo

Qozog`istonda korrupsionerlar reestri yaratiladi

'Qozog`istonda korrupsionerlar reestri yaratiladi'ning rasmi

Qozog`iston korrupsiyaga qarshi kurash xizmati korrupsioner mansabdor shaxslarning davlat reestrini joriy etish rejasini e`lon qildi. Bu haqda “Vlast.kz” xabar berdi.

“Reestrga korrupsiyada aybdor deb topilgan shaxs haqidagi barcha ma`lumotlar kiritiladi. Bu ish beruvchilarga potensial nomzodni poklik va halollik bo`yicha tekshirish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarning javobgarligini kuchaytirish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, parlamentda pora berish va`dasi va taklifini jinoiy javobgarlikka tortish masalasi ham ko`rib chiqilmoqda.

    Boshqa yangiliklar