1

Ta`lim va tibbiyot muassasalariga transyog`, tuz va shakar miqdori ko`p bo`lgan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi

Salomatlik 17.09.2023, 20:34
Ta`lim va tibbiyot muassasalariga transyog`, tuz va shakar miqdori ko`p bo`lgan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi

Ta`lim va tibbiyot muassasalariga transyog`, tuz va shakar miqdori ko`p bo`lgan mahsulotlarni olib kirish, tayyorlash va ularni sotish butunlay cheklanadi.  Bu haqda "O`zbekiston — 2030" strategiyasida qayd etilmoqda.

Unga ko`ra, yurtimizda kelgusi 7 yil davomida har yili 55 va undan katta yoshdagi aholini 100 foiz tibbiy profilaktik ko`rikdan  o`tkazish va sog`lomlashtirishga katta urg`u beriladi.

Shuningdek, 40 va undan yuqori yoshdagi aholi orasida jismoniy faol aholi ulushini 2 barobar oshirish belgilangan.

Fuqarolar o`rtasida to`g`ri ovqatlanish va sog`lom turmush tarzini shakllantirish borasida quyidagilar ko`zda tutilmoqda:

  • 5 yoshgacha bo`lgan bolalar orasida bo`y o`sishining kechikishi mavjud bo`lganlar, vazn etishmasligi va ortiqcha vaznga ega bo`lganlar ulushini 2 barobarga kamaytirish;
  • Ta`lim va tibbiyot muassasalariga tarkibida transyog`, tuz va shakar miqdori ko`p bo`lgan mahsulotlarni olib kirish, tayyorlash va ularni sotishni butunlay cheklash.

Shuningdek:

  • me`yoridan ortiq tuz iste`mol qiladigan aholi ulushini 32 foizga;
  • etarlicha jismoniy faollikka ega bo`lmagan aholini 22 foizga;
  • ortiqcha vaznga va semizlikka ega katta yoshdagi aholini tegishlicha 32 foiz va 23 foizga kamaytirish mo`ljallangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1