AsosiyDunyo

Germaniya o`zbekistonlik hamshiralarni ishga taklif qilmoqda

'Germaniya o`zbekistonlik hamshiralarni ishga taklif qilmoqda'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Nomzodlar uchun talablar:

- Umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli bo`limlarida kamida 2 yillik tajribaga ega hamshiralar (faqat bemorlarni parvarishlagan) bo`lishi;

- 39 yoshdan oshmagan bo`lishi;

- shifoxonada ish tajribasiga ega bo`lishi (stomatolog, o`qituvchilik va dorishunoslik, ginekologiya, shoshilinch tez tibbiy yordam, pediatriya, poliklinika-patronaj, akusherlik sohasida shug`ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi);
     
- sudlanmagan bo`lishi;

- jismonan sog`lom bo`lishi;

- tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan bo`lishi;

- bemorlarga g`amxo`rlik qilish qobiliyatiga ega bo`lishi;

- Angren shahrida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida o`qish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);

- nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shug`ullanmasligi;

- Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tishi;

Loyihada ishtirok etish istagida bo`lgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

- Angren shahrida bepul turar joy;

- o`quv xonasi;

- oylik stipendiya (6 oy).

Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG.” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

- nemis tili o`qituvchisi va o`quv materiallari;

- til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;

- hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;

- o`quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;

- Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;

- mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan boshlanadi, nafaqa, sug`urta, ta`til) va butun jarayon davomida doimiy qo`llab-quvvatlash.

    Boshqa yangiliklar