AsosiyDunyo

Erdo`g`on Ilon Mask bilan uchrashdi

'Erdo`g`on Ilon Mask bilan uchrashdi'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on amerikalik tadbirkor, “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari asoschisi Ilon Mask bilan uchrashdi.

“Report” ning AQSh byurosi xabar berishicha, uchrashuv Nyu-York shahrida faoliyat yurituvchi “Turk uyi”da bo`lib o`tgan.

Erdo`g`on I. Maskdan tashqari AQShning “Coca-Cola”, “Amazon” kabi ko`plab yirik kompaniyalari investorlari bilan ham uchrashadi.

Eslatib o`tamiz, Turkiya prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka xizmat safari bilan borgan edi. Tashrif davomida u AQSh prezidenti Jo Bayden, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, shuningdek, qator davlat rahbarlari va hukumat vakillari bilan uchrashadi. Prezidentning tashrifi 20-sentyabr kuni yakunlanadi.

    Boshqa yangiliklar