Eron polisiyasi 16 sentyabr kuni, 22 yoshli eronlik Mahsa Aminiy o`limining yilligi munosabati bilan 137 kishini hibsga oldi. Hibsga olinganlar haqida G`arbiy Ozarbayjon viloyati huquq-tartibot kuchlari rahbari Rahim Jahonbaxsh ma`lum qildi, deya xabar beradi IRNA. Ikki fuqarolikka ega bo`lgan shaxs ham “tartibsizliklar va qo`poruvchilik uyushtirishga urinish”da gumon qilinib, qo`lga olingan.
“Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda G`arbiy Ozarbayjon viloyatida aholini tartibsizliklarga chaqirgan 137 kishi topilgan. 85 nafar foydalanuvchining sahifalari tahlil qilinib, ular orqali jamoatchilikni noto`g`ri yo`ldan ozdirishga va ularni tartibsizliklarga undashga uringan”, — dedi Rahim Jahonbaxsh. Ulardan faqat 14 nafari hibsga olingan.
Huquq tashkiloti Hengavning aytishicha, xavfsizlik kuchlari kurdlar yashaydigan Mahobod shahrida o`t ochgan. Kamida bir kishi jarohatlangan. Kirmonshoh shahrida yana bir necha kishi yaralangan. Biroq, hech qanday hodisa haqida rasmiy tasdiqlanmagan.
Eron shimoli-g`arbidagi Aminining ona shahri Saqezda polisiya “polisiya ogohlantirishiga e`tibor bermagan” erkakni og`ir yaraladi, deb xabar berdi Fars axborot agentligi.
Shuningdek, Tehron viloyatidagi Qarchak qamoqxonasining ayollar bo`limida yong`in sodir bo`lgani haqida xabar berdi. Mahkumlar qatl qilishdan oldin kiyimlariga o`t qo`yishgan. Yong`in o`chirildi. Qurbonlar yo`q.
Eslatib o`tamiz, o`limidan so`ng Eronda ommaviy namoyishlar boshlangan 22 yoshli Mahsa Amini polisiya tomonidan hijobni noto`g`ri kiygani uchun hibsga olingan. Qiz hibsxonada vafot etgan. Eron xavfsizlik kuchlari o`lim sababini yurak xuruji deb ko`rsatdi. Qizning yaqinlari u polisiya tomonidan kaltaklanganidan keyin vafot etgan deb taxmin qilgan.
Bundan roppa-rosa bir yil muqaddam qizning o`limidan so`ng butun Eronda “Ayol, hayot, erkinlik” shiori ostida ommaviy namoyishlar bo`lib o`tdi. Ayollar sochlarini qirqib, hijoblarini kuydirdilar.