AsosiyDunyo

Erdo`g`on: "Ayrim kuchlar Turkiya-Amerika munosabatlarini chigallashtirishdan manfaatdor"

'Erdo`g`on: "Ayrim kuchlar Turkiya-Amerika munosabatlarini chigallashtirishdan manfaatdor"'ning rasmi

Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`on Nyu-Yorkda (AQSh) Turk Amerika Milliy Qo`mitasi tomonidan uyushtirilgan kechki ovqatda nutq so`zladi.

“Bugun musulmonlarni nishonga olgan hujumlar ertaga tili, madaniyati va e`tiqodi turli guruhlarni nishonga olishi ehtimoli yuqori. Agar islomofobiyaning oldi olinmasa, jinoyatchilar battar beparvo bo`lib qoladi”, — dedi u.

Prezident fikr erkinligi niqobi ostida 2 milliard musulmonning ziyoratgohlariga tajovuz qilish qonuniylashtirilganiga hech qachon rozi bo`lmasligini aytdi.

Erdo`g`on nutqida Turkiya-Amerika munosabatlari mavzusiga to`xtaldi.

Xususan, “Turkiya-Amerika munosabatlarini chigallashtirishdan manfaatdor bo`lgan guruhlar bor, biz ularning oldiga to`siq qo`yamiz”, dedi.

Prezident Turkiya va AQSh o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar istiqbollarini yuqori baholadi.

“Davlatlar o`rtasidagi qarashlardagi tafovut oddiy hodisa, biroq biz Qo`shma Shtatlar bilan umumiy fikrga egamiz va mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko`plab imkoniyatlar mavjud. Kelgusi davrda AQSh bilan umumiy manfaatlar asosida hamkorlikni rivojlantiramiz”, - dedi Turkiya rahbari. 

    Boshqa yangiliklar