AsosiyJamiyat

Eng muhimi barcha futbolchilar ertangi o`yinga tayyor va muxlislarga ma`qul keladigan o`yin namoyish etamiz — Maksim Shaskix

'Eng muhimi barcha futbolchilar ertangi o`yinga tayyor va muxlislarga ma`qul keladigan o`yin namoyish etamiz — Maksim Shaskix'ning rasmi

Xabaringiz bor, OChL ilk turida "Paxtakor" "Al Ayn"ni qabul qiladi. Bugun “Milliy” stadionda o`yinidan oldingi matbuot anjumani o`tkazildi.Unda "Paxtakor" bosh murabbiy Maksim Shaskix va yarim himoyachi Sardor Sobirxo`jaev ishtirok etdi.

"Ertangi o`yinni bir yarim yil kutgan edik. Mana o`sha vaqt keldi. Ertaga yaxshi o`yin namoyish etamiz deb o`ylayman. Ertangi o`yinga tayyormiz. Raqib ham yaxshi jamoa va kuchli futbolchilarga ega. Biz ertaga o`z o`yinimizni raqibga o`tkazishni harakat qilamiz", - dedi "Paxtakor" bosh murabbiy Maksim Shaskix.

O`yin haqida Sardor Sobirxo`jaev ham fikr bildirdi: "Ertaga chempionlar ligasidagi yurishimizni boshlaymiz. Eng muhimi barcha futbolchilar ertangi o`yinga tayyor va muxlislarga ma`qul keladigan o`yin namoyish etamiz". 

Shundan so`ng "Paxtakor" bosh murabbiy Maksim Shaskix jurnalistlarning bir qancha savollariga javob berdi.
- Osiyo o`yinlariga yo`l olgan futbolchilar o`rni qanchalik bilinadi?
- Jamoada o`zgartirib bo`lmas futbolchilar yo`q. Ularning o`rnini boshqa futbolchilar bilan to`ldiramiz. Tarkibimizda futbolchilar etarlicha. Umid qilamanki, ertaga tarkibdagi o`zgarishlar bizga qiyinchilik to`g`dirmaydi.

- "Paxtakor" jamoasi chempionlar ligasida o`z oldiga qanday maqsad qo`ygan?
- Ayni damdagi maqsadimiz guruhdan chiqish. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan so`ng, maqsadlar o`zgarishi aniq, ammo hozirgi asosiy maqsadimiz pley-off bosqichiga chiqish.

- "Paxtakor" jamoasi o`z o`y o`yinlarini "Bunyodkor" stadionida o`tkazishi sizlarga noqulaylik to`g`dirmaydimi?
- Osiyo futbol konfederasiyasining talabi shunday ekan. "Bunyodkor" stadionida mashg`ulot o`tkazdik va maysa holati yaxshi. Muhimi biz o`z o`yimizda o`ynamoqdamiz va muxlislar yonimizda bo`lishadi. Avvalgi mavsumlar esa ayrim bir sabablarga ko`ra buning iloji yo`q edi. Endi bemalol uy va mehmonda o`ynay olamiz. Ertaga muxlislar ajoyib atmosfera yaratib berishadi degan umiddaman.

- "Al Ayn" jamoasi "Paxtakor" uchun guruhdagi eng qiyin raqibmi?
- Osiyo chempionlar ligasida kuchsiz jamoalar bo`lmaydi. Barcha jamoalar guruh bosqichiga chiqish uchun uzoq yo`lni bosib o`tadilar. Barcha raqiblar kuchli va ularni o`rganib chiqamiz, faqat "Axal" jamoasiga qarshi o`yinlar qiyin kechishi aniq. Sababi ular haqida ma`lumot juda-juda kam. Barchasi o`z qo`limizda.

- Joriy mavsumdan boshlab OChL kuz-bahor tizimiga o`tdi. Avvalari esa bunday emas edi. "Paxtakor" jamoasi uchun yangi tizim qulaymi? Masalan avval OChL mart oyida boshlanardi va bizning futbolchilarimiz milliy chempionatimiz endi boshlanayotgani sabab noqulaylik tug`dirar edi.
- Hozirgi tizim qulayroq. Biz endi chempionatning ikkinchi qismini boshladik va hozir ancha yaxshi sport holatidamiz. Guruh bosqichidan keyin esa, agar pley-offga chiqsak, keyin muammo bo`lishi mumkin sababi o`sha vaqtga kelib bizda chempionat yakunlangan bo`ladi.

- "Paxtakor" jamoasi Cheransiz boshqa jamoaga aylanib qoladi. OChLda kuchsiz jamoa yo`qligini hisobga olsak, agarda Dragan o`yinlarda ishtirok eta olmaydigan bo`lib qolsa. "Paxtakor" qiynalib qolmaydimi?
- Bizda har doim variant bor. Biz taktik uslub yoki o`yin sxemasini o`zgartirishimiz mumkin. Biz har doim o`zgarishlar qilishga tayyormiz va ertangi o`yinda buni bilib olasizlar.

    Boshqa yangiliklar