AsosiyDunyo

“Biz hech qachon hech kimga tahdid qilmaymiz, bu bizning siyosatimiz emas" – Lukashenko

'“Biz hech qachon hech kimga tahdid qilmaymiz, bu bizning siyosatimiz emas" – Lukashenko'ning rasmi

Belarus hududida urush bo`lmaydi, bu mumkin emas. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma`lum qilgan. 

“Prezident va Oliy Bosh qo`mondon sifatida bugun belaruslarga murojaat qilib, sizni ishontirib aytmoqchiman: biz jang qilmoqchi emasmiz va jang qilmaymiz. Belarus hududida zamonaviy sharoitlarda urush bo`lmaydi. Chunki bu mumkin emas”, dedi davlat rahbari.

Shu bilan birga, u, agar kerak bo`lsa, "biz o`z yurtimizni so`nggi askar va belarus odamigacha himoya qilamiz", deb ta`kidladi.

Siyosatchi yana bir bor Belarus hech kimga tahdid qilmasligiga ishontirdi. 

“Biz hech qachon hech kimga tahdid qilmaymiz, bu bizning siyosatimiz emas. Va ob`ektiv ravishda hech kimga tahdid qila olmaymiz. Lekin biz kuchli yoki kuchsiz bo`lsak ham o`zimizni himoya qilishga majburmiz. Bu bizning tarixiy rolimiz”, dedi u.

    Boshqa yangiliklar