AsosiyJamiyat

Bo`ston, Chust, Yangiqo`rg`on tumanlararo sudlariga yangi raislar tayinlandi

'Bo`ston, Chust, Yangiqo`rg`on tumanlararo sudlariga yangi raislar tayinlandi'ning rasmi

Bugun bo`lib o`tgan Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig`ilishida Kengash vakolatiga doir qator masalalar bilan birga ayrim sudyalarni vakolati muddati davriga qayta tayinlash ham ko`rib chiqildi. Bu haqda kengash matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muhokamalar yakunida o`n nafar sudya vakolati muddati davriga qayta tayinlanishi natijasida ularning ish joyi o`zgardi.

Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq:

Isomiddinov Xurshidbek Kobilovich – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Bo`ston tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va  shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Solieva Umidaxon Xamidovna – sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyat sudining fuqarolik ishlari bo`yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Darvishaliev G`ayratali Umatalievich – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyat sudining fuqarolik ishlari bo`yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Yorov Habibullo Abdulxaevich – sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat ma`muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo ma`muriy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Bo`riev Aliakbar Mustafaqul o`g`li – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo ma`muriy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo ma`muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Madaminov Doniyorjon Maxmudjonovich – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyat ma`muriy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg`ona viloyati Farg`ona tumanlararo ma`muriy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Yulchieva Soxibaxon Qodirjonovna – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Yangiqo`rg`on tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Chust tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Ko`chkinova Iqbol Xoshimovna – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Chust tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Chust tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Sultanova Adila Xayritdinovna – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudi raisining o`rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Bobonazarov Jaxongir Nuralievich – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

    Boshqa yangiliklar