O`zbekistonda qaysi omillar suv muammosiga eng ko`p ta`sir qilayotgani ma`lum qilindi.
- Aholi soni yildan-yilga o`smoqda. Tabiiyki, suv iste`moli ham katta sur`atlarda ko`payib boradi;
- O`zbekiston bir yilda ishlatadigan suvning 20 foizigina o`zimizda shakllanadi. Qolgan 80 foizi Tojikiston va Qirg`izistondan keladigan daryolardagi suvga bog`liq. Ammo bu ikki mamlakatning ham o`z manfaatlari bor. Har ikkala davlat elektr energiyasini daryolar bo`yida qurilgan GESlardan oladi;
- Iqlim o`zgarishi oqibatida mamlakatimiz hududidagi tabiiy suv resurslari tobora kamayib bormoqda. Qolaversa, qishda yog`ingarchiliklarning kamayishi, yozning normadan issiq bo`lishi suv iste`moli hajmlariga ham ta`sir qilmoqda.