AsosiyJamiyat

Bugun 8 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi prognoz qilindi

'Bugun 8 ta viloyatda yomg`ir yog`ishi prognoz qilindi'ning rasmi

Bugun kunduzi Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30° bo`ladi.

Poytaxtimizda kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 26-28° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Sel xavfi yuzaga keladi. Harorat 17-22° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar