AsosiyJamiyat

Mirziyoev Nyu-Yorkdagi o`ziga ajratilgan qarorgohda Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktorini qabul qildi

'Mirziyoev Nyu-Yorkdagi o`ziga ajratilgan qarorgohda Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktorini qabul qildi'ning rasmi

18 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Nyu-York shahridagi o`ziga ajratilgan qarorgohda Xalqaro valyuta fondi boshqaruvchi direktori Kristalina Georgievani qabul qildi.

Global iqtisodiy vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashildi. XVF bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan joriy yil iyun oyida Samarqand shahrida o`tgan ikki tomonlama uchrashuvda erishilgan kelishuvlardan kelib chiqqan holda yanada kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

Fond rahbari O`zbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturi natijalariga yuqori baho berdi hamda mamlakatimizdagi samarali yangilanishlarni ilgari surishda yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv chog`ida XVFning yurtimiz moliya sohasi barqarorligini kompleks tahlil qilish, iqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqishda konsalting ko`magini ko`rsatish hamda mamlakatimiz idoralari mutaxassislarining salohiyatini oshirish dasturini amalga oshirishdagi ishtirokiga doir masalalar muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar