Farg`ona viloyatining Yozyovon tumanida bir guruh yigitlar to`y korteji uyushtirib, guruh bo`lib harakatlandi. Bu haqda viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
"Qonunga bo`ysunmasdan, guruh bo`lib harakatlanib, qoidani buzdik. Qilgan ishimizdan pushaymonmiz. Boshqa qaytarilmaydi", - deydi huquqbuzarlardan biri.
IIB JHB YHX tomonidan yigitlarning shaxsiga aniqlik kiritildi. Sud tomonidan 16 nafar yigitga 15 sutkadan ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Mashinalar jarima maydoniga qo`yildi.
Samarqand viloyati IIB xabariga ko`ra, viloyatning Kattaqo`rg`on shahrida ham shunday huquqbuzarlik sodir etilgan.
Qayd etilishicha, bir guruh yigitlar Amir Temur ko`chalari bo`ylab, to`y kortejida guruh bo`lib harakatlangan. Olib borilgan surishtiruvlar davomida mazkur haydovchilarning shaxsiga aniqlik kiritildi. Ularga nisbatan tegishli choralar ko`rilgan.