AsosiyJamiyat

Prezident maslahatchisi G`ofurjon Mirzaev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi uyma-uy yurib muammolarni o`rganmoqda

'Prezident maslahatchisi G`ofurjon Mirzaev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi uyma-uy yurib muammolarni o`rganmoqda'ning rasmi

Davlat rahbari topshirig`iga asosan olib borilayotgan “Obod ko`cha”, “Obod mahalla”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy qilish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash bo`yicha keng ko`lamdagi amaliy ishlar Andijon viloyati Jalaquduq tumani “Qutluq” MFYda ham jadal suratlarda boshlab yuborildi.

Aholini o`ylantirib kelayotgan muammolarga o`z vaqtida va sifatli echim topish maqsadida Prezident maslahatchisi G`ofurjon Mirzaev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari ham bevosita joylarga chiqqan xolda uyma-uy yurib o`rganishlar olib bormoqda.

Xususan, mahalladigi 43-sonli umumta`lim maktabi holati ko`zdan kechirildi. Qayta ta`mirdan so`ng foydalanishga topishirilishi rejalashtirilgan mazkur o`quv dargohida boshlangan ish jarayoni, kelgusida amalga oshiriladigan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Shunindek, mahalla yig`ini infratuzulmasi, aholining toifalari bo`yicha maishiy-ijtimoiy shart-sharoitlari atroflicha o`rganildi. Mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Prezident maslahatchisi maktab  faoliyati, o`qituvchilarning saviyasi,  ularning malakasini oshirish bilan bog`liq muammolarga to`xtaldi. Chunki ushbu o`quv dargohidan oliy ta`limga o`qishga kirgan o`quvchilarning soni oz ekanini bevosita muallimlar bilimiga, tajribasigi bog`liq bo`lishiga e`tibor qaratdi.

Prezident maslahatchisi axolining toza ichimlik suviga bo`lgan talabini qondirish, ayniqsa, obodonchilik ishlariga alohida yondashuv kerakligini ta`kidladi. Davlat xalq manfaati uchun amaliy ishlarni qiladi, ammo  ayrim mahalllarda  ba`zi bir fuqarolarning “davlat, hokimiyat qilib beradi” degan boqimanda kayfiyati hamon borligi, mana shu odat tusiga kirib qolgan illatga o`rganib qolish  holatlari  hamon  yashovchanligini aytib o`tdi.

Obodlikka har bir xonadon egasi o`zi, ota-onalar, xonadon kattalari, avvalo, farzandlarini o`rgatishi kerak, ko`nikma hosil qilsin. Birga yashayotgan oila, xonadan a`zolari yashash joylarini, birinchi navbatda, maishiy nuqtalarni ozoda va pokiza saqlashga, mavjud tomorqalardan unumli foydalanishga odatlanishi, erishmog`i shart.

- Sizlarning  erlaringiz  tilloga teng, -dedi  Prezident maslahatchisi. –Sirdaryoning erlariga o`xshagan sho`rmas. Ayniqsa, tomorqa xo`jaliklari oilaga qo`r, qo`shimcha daromad keltiradigan manbasi, ulardan samarali foydalanishni qat`iy yo`lga qo`yish kerak bo`ladi.

Mahalla hududidagi 195 nafar mehnat migratlarini qaytarish choralarini tezlashtirish kerak, hududdagi tikuvchilik bilan shug`ullanadigan tadbirkorlar ishini takomillashtirish, aholi ma`lumotlarini raqamlashtirish va ma`lumotlar bazasini yaratish borasidagi ishlar, mahalla “beshligi”ni kuchaytirish  maqsadga  muvoffiqdir.

Qabristonlarni  obod  saqlash,  kuz va qishki ariq tozalash ishlarini boshlash zarurligini ta`kidladi, mahalla ko`chalari va suv yo`llari ahvoli bilan qiziqdi. “Qutlug`” mahalla fuqarolar yig`ini Navo ko`chasidagi maktab hovlisida bo`lib o`tgan uchrashuv va suhbatda Prezident maslaxatchisi viloyat va tuman hokimligi, viloyat va tuman prokratura, ichki ishlar, ta`lim tizimi mutasaddi raxbarlari, Respublika ishchi guruhi a`zolari bilan yuqoridagi kabi o`nlab  dolzarb  mavzularda  so`z  yuritdi. Mahalla oqsoqollari va aholi vakillari bilan suhbat o`tkazdi.

-Ushbu dastur ijrosi bilan katta amaliy ishlar qilinadi. Respublika ishchi guruxi shug`ullanmoqda. Biz viloyat bo`yicha ushbu dasturga tushgan hududlarda tashkil etilayotgan amaliy ishlarni o`rganib borish bilan birga yordam ham  beramiz. – deydi ishchi guruh a`zosi Yangiboy Mahammadiev.

Tuman hokimi Hikmatillo Latipov ham dasturga tushgan hudud aholi vakillari bilan shu joyda uchrashdi.

- Suv muammosi bor edi. Kelgusida suv sig`imi katta bo`lgan yangi suvxona quyiladi. –dedi xokim qishloq otaxon va onaxonlariga. – Shu hudud sektor rahbari, viloyat prokurori ham kelib, “nima qilsak suv yaxshi bo`ladi” deb savol berdi. Nasos yangilanadi. Tumanga olinadigan  17 ta suv nasosning bittasi shu erga qo`yiladi. Bu erdagi kichik  transfarmator 100 likka almashtiriladi.

- Endi masalaning ikkinchi tomoni ham bor, - dedi tuman rahbari. –Qars  ham ikki tomondan chiqadi. Sizlar yashayotgan ko`chalarda shuncha amaliy ishlar bo`lyapti, lekin aholining  bunga javobi qanday? Ular o`zlari yashab turgan hovli joylarga, obodonchilik ishlariga, yaxshi, ozoda turmush madaniyatiga erishish borasidagi ishlarga qanday xissa qo`shyapti, bunga munosabati va ishtiroki qanday bo`lyapti?

    Boshqa yangiliklar