Navoiy viloyati Tomdi tumanida joylashgan "Sharq" OFYda istiqomat qiluvchi aholi tomonidan tuman Ekologiya bo`limiga murojaat qilinib, mahallada ekilgan daraxt ko`chatlari chorva mollari tomonidan payhon etilayotganligi to`g`risida bir necha bor shikoyat qilingan.
Oqibatda joriy yilning 18 sentyabr kuni Tomdi tumani Ekologiya bo`limi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbir o`tkazilgan.
Tadbir davomida fuqaro S.T.ga tegishli bo`lgan bir bosh echki tomonidan "Yashil makon" loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko`chatlariga o`sishdan to`xtamaydigan darajasigacha shikast etkazilganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma`muri bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, fuqarolarning ko`rsatmasiga asosan, fuqaro S.T.ga tegishli 25 bosh echkilar tomonidan doimiy ravishda ushbu ovuldagi daraxt ko`chatlariga ziyon etkazilib kelinganligi ma`lum bo`lgan.
Oqibatda fuqaro S.T.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 650 ming so`m jarima va 990 ming so`m tabiatga etkazilgan zarar belgilandi.