“Cintana” kompaniyasi asoschisi va raisi Duglas Bekker Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda O`zbekistonda Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish ustida ish olib bormoqda.
2024 yildan boshlab sog`liqni saqlash, injiniring, arxitektura va dizayn kabi yo`nalishlarda malakali kadrlar tayyorlashni boshlash ko`zda tutilgan.
Shavkat Mirziyoev ushbu rejalarni ma`qullab, O`zbekiston ta`lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishga tayyorligini bildirdi.