AsosiyJamiyat

Uzbekistan airways Toshkentdan Anqaraga parvozlarni yo`lga qo`yadi

'Uzbekistan airways Toshkentdan Anqaraga parvozlarni yo`lga qo`yadi'ning rasmi

O`zbekiston va Turkiya o`rtasida fuqaro aviasiyasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 15–16 iyun kunlari Istanbul shahrida bo`lib o`tgan ikki davlat aviasiya ma`muriyatlarining maslahatlashuvlarida qator kelishuvlarga erishilgan edi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, ikki davlat o`rtasidagi aviaqatnovlar sonini oshirish va yangi yo`nalishlar ochish bo`yicha erishilgan kelishuvga asosan “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi Toshkent – Anqara – Toshkent yo`nalishida muntazam qatnovlarni yo`lga qo`yadi.

    Boshqa yangiliklar