Ukrainadagi ommaviy otishma paytida Lvovga 18 ta kamikadze dron hujum qildi, ulardan 15 tasi urib tushirildi. Oqibatda katta yong`in chiqdi, ikki kishi vayronalar ostidan olib chiqildi, erkakning ahvoli og`ir. Keyinchalik vayronalar ostidan omborda ishlagan erkakning jasadi chiqarib olingani aytildi.
Lvovdagi sanoat korxonasiga bergan dron hujumi oqibatida 300 tonna gumanitar yordam yonib ketdi. Bu haqda BMTning Ukrainadagi gumanitar koordinatori Denis Braun bayonotiga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar berdi.






