Bugun Qorabog`dagi mojaroning kuchayishi fonida yuzlab odamlar Armanistonda hukumat binosiga yig`ilib, bosh vazir Pashinyan siyosatiga qarshi bosh ko`tarishdi. Ma`lum qilinishicha, namoyishchilar Armaniston parlamenti binosiga bostirib kirishga urinishgan. Ular orasida hukumatni ag`darish tarafdorlari ham bor.
Namoyishchilar parlamentga tan olinmagan Tog`li Qorabog` bayroqlarini olib kelishdi va bosh vazir Nikol Pashinyandan Ozarbayjon tomonining harbiy harakatlariga javoban qat`iyroq chora ko`rishni talab qilishdi.
Qayd etilishicha, Pashinyan bilan telefonlashgan Fransiya prezidenti va AQSh davlat kotibi kuch qo`llashga yo`l qo`yilmasligini qayd etgan. Fransiya BMT Xavfsizlik kengashining Qorabog`dagi vaziyat bo`yicha yig`ilishini o`tkazish tashabbusi bilan chiqdi.






