20 sentyabr kuni O`zbekiston bo`ylab havo harorati 23-25 darajagacha issiq bo`ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. Unga ko`ra:
TOShKENT ShAHRI
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 23-25° bo`ladi.
QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 20-25° bo`ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16, kunduzi 23-28° bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 23-28° bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17, kunduzi 26-31° bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 20-25° bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARIDA
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda kuchli bo`lishi mumkin, ba`zi joylarda momaqaldiroq bo`ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11°, kunduzi 15-20° bo`ladi.