Kecha, 19 sentyabr kuni soat 21:00larda Toshkent shahar, Yashnobod tumani Yangi O`zbekiston ko`chasida dahshatli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda "darakchi.uz" manbasi xabar bermoqda.
Ma`lum bo`lishicha, mast haydovchi "Nexia-3" avtomobilini mastlik holatida boshqarib, boshqaruvni yo`qotgan va qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan "Nexia-1" hamda "Spark" mashinalari bilan to`qnashib YTH sodir etgan. Natijada "Spark" haydovchisi boshqaruvni yo`qotib "stolba"ga urilgan.
Ayni paytdagi ma`lumotlarga ko`ra, YTH oqibatida 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot ettan va 5 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Sodir bulgan YTH yuzasidan JKning 266-moddasi 3-kismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.