Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar va elektr ta`minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida o`tkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xususan:
Samarqand shahrida faoliyat yuritib kelayotgan 6 ta va Kattaqo`rg`on tumanida 1 ta korxona elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 2 mlrd 355 mln 502 ming 460 so`m (5 mln 228 ming 433 kVt·soat) zarar etkazganligi aniqlandi.
Ma`lumot uchun: ushbu miqdordagi elektr energiyasi 26 ming 142 ta xonadonning bir oylik iste`moliga tengdir.
Qoidabuzar iste`molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko`rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.