AsosiyJamiyat

my.gov.uz portalidagi xizmatlar soni 700 taga oshiriladi

'my.gov.uz portalidagi xizmatlar soni 700 taga oshiriladi'ning rasmi

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida O`zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot  xabar bermoqda.
Qarorga ko`ra, 2024 yil 1 iyundan yangi raqamli xizmatlar va servislar, qoida tariqasida, birinchi navbatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasida joriy etiladi.

 2024 yil yakunigacha:
- Yagona portalda ko`rsatilayotgan xizmatlar soni 700 taga, ularning avtomatlashganlik darajasi 65 foizga etkaziladi;
- Yagona portalda joriy etilgan raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75 foizi mobil ilova orqali ko`rsatilishi yo`lga qo`yiladi.
Shuningdek, quyidagi maxsus portallar ishga tushiriladi: 
- 2024 yil 1 yanvardan raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlarga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil ma`lumot beruvchi; 
- 2024 yil 1 iyundan respublika hududidagi yashil hudud, bog` va jamoat parklari haqida axborot beruvchi;
- 2024 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati haqida axborot beruvchi.

 Shuningdek, shoshilinch tezkor xizmatlar bo`yicha aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ularni tezkor ravishda qayta ishlash bo`yicha “112” yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etish bo`yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
 2023 yil 1 noyabrdan “oxirgi milya” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan hamkorlikda aholi xonadonlariga keng polosali Internet tarmoqlarini olib borishga qaratilgan hamkorlik dasturi amalga oshiriladi.
 2024 yil yakunigacha magistral telekommunikasiya tarmog`i va aholi yashash maskanlarida qo`shimcha 50 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari quriladi.

 

    Boshqa yangiliklar