AsosiyJamiyat

Toshkent shahriga gul ekish uchun 12 mlrd so`m ajratiladi

'Toshkent shahriga gul ekish uchun 12 mlrd so`m ajratiladi'ning rasmi

Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining 19 sentyabrdagi sessiyasida ayrim xarajatlarni mahalliy byudjetning qo`shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirish to`g`risida qaror qabul qilindi. Hujjat E-Qaror portalida e`lon qilindi.

Deputatlar 2023 yilda poytaxtda mavsumiy gullar ekish bilan bog`liq xarajatlar uchun 6,2 milliard so`m, gul ko`chatlari ekish uchun tuman obodonlashtirish bo`limlariga yana 5,8 milliard so`m miqdorida mablag` ajratilishi ma`qullandi.

Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan boshqarmalar tomonidan, avtotransport vositalari va ishchi xodimlari bilan tasarrufidagi obodonlashtirish ob`ektlarini saqlash, mexanik usulda va qo`l kuchi bilan tozalash, suv sepish, kuz mavsumida xazonrezgi davrida ko`chalarni tozalash, qish mavsumida qum-tuz qorishmasini sepish, qor uyumlaridan tozalash, ularni olib chiqib ketish, ko`kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirish ishlari va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun hamda yonilg`i mahsulotlar narxlari ko`tarilganini inobatga olib 3,7 milliard so`m ajratildi.

Shuningdek, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Obod” va “Yunusobod” mahallari hududini obodonlashtirish, muhandislik tarmoqlarini va ichki yo`llarni ta`mirlash ishlarini amalga oshirish bo`yicha tanlov (tender) savdolarini o`tkazish uchun 1489,5 mln so`m, “Yunusobod” mahallasini muhandislik tarmoqlarini va ichki yo`llarni ta`mirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 210,0 so`m, jami 1699,5 mln (bir milliard olti yuz to`qson to`qqiz million besh yuz ming) so`m miqdorida mablag` yo`naltiriladi.

    Boshqa yangiliklar