AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada o`zbekistonlik migrant yong`in ichida qolgan ayolni qutqardi(video)

'Janubiy Koreyada o`zbekistonlik migrant yong`in ichida qolgan ayolni qutqardi(video)'ning rasmi

Janubiy Koreyada o`zbekistonlik migrant yong`in ichida qolgan ayolni qutqardi.

Janubiy Koreyaning Yangsan shahrida keksa er-xotin tomonidan boshqariladigan oshxonada kuchli yong`in yuz bergan.  

Tez yoyilgan yong`in ichida qolib ketgan 69 yoshli ayolni qo`shni xonadonda yashovchi 40 yoshli O`zbekiston fuqarosi yong`in ichiga kirib, qutqarib chiqqan.

Keksa ayol 2-darajali kuyish jarohati bilan, uning 70 yoshli eri esa olgan jarohatlari sababli kasalxonada davolanmoqda. Ayolni qutqargan o`zbekistonlik esa shisha sinig`idan jarohat olgan va voqea joyida unga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

    Boshqa yangiliklar