Tog`li Qorabog` rahbariyati mintaqada harbiy harakatlarni to`liq to`xtatish bo`yicha kelishuvga erishgach, Ozarbayjon hukumatiga taslim bo`ldi.
Ma`lumki, so`nggi 24 soat ichida Ozarbayjon qurolli kuchlari bilan olib borilgan janglarda Qorabog` qurolli kuchlari o`z shaxsiy tarkibining deyarli yarmini, ya`ni mingga yaqin kishini yo`qotgan. Qorabog`ning o`q-dorisiz qolgani ham aytiladi.
Rasmiy Boku harbiy amaliyotga 60 mingga yaqin harbiy xizmatchini jalb qilgan, Ozarbayjon qo`shinlarining yo`qotishlari esa 500 kishini tashkil etgan.
Imzolangan taslim bo`lish to`g`risidagi hujjat shartlariga ko`ra, Ozarbayjon tinch aholi va Tog`li Qorabog` bo`linmalarini mintaqadan evakuasiya qilish uchun koridor tashkil qiladi.
Boku, shuningdek, taslim bo`lish Rossiya tinchlikparvar kontingenti nazorati ostida bo`ladigan tan olinmagan respublika qurolli kuchlarini to`liq qurolsizlantirish va tarqatib yuborishni nazarda tutadi.
O`z navbatida, Armaniston tashqi ishlar vazirligi Tog`li Qorabog` aholisining Ozarbayjon bilan muloqotga kirishishga tayyor ekaniga xayrixoh ekanini ta`kidladi, deb xabar bermoqda Reuters.






