AsosiyJamiyat

Toshkentdagi yana bir katta bino sotuvga qo`yildi

'Toshkentdagi yana bir katta bino sotuvga qo`yildi'ning rasmi

“Sharq” nashriyoti va Milliy axborot agentligi boshqa binoga ko`chiriladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, “Sharq” nashriyot-matbaa AJning bino-inshootlari va ishlab chiqarish uskunalari ma`nan eskirib, ta`mirtalab va aksariyati yaroqsiz ahvolga kelib qolgani sababli Uchtepa tumani, Katta Xirmontepa ko`chasi, 1-uy manzilida joylashgan yangi bino-inshootlarga ko`chirilmoqda.

Shu bilan birga, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko`chasi, 42-uyda joylashgan O`zbekiston Milliy axborot agentligi (O`zA)ning ma`muriy binosi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Matbuotchilar ko`chasi, 32-uy manzilidagi Matbuot uyiga ko`chiriladi.

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko`chasi, 41-42-uy manzillarda joylashgan (umumiy er maydoni 3,02 gektar, bino-inshoot maydoni 56 525 kv.m)  bino va inshootlar bo`shayotganligini inobatga olib, ularning negizida zamonaviy shaharsozlik talablariga mos keluvchi yagona mulkiy majmuani barpo etish maqsadida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mulkiy majmua bo`yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganini e`lon qiladi.

    Boshqa yangiliklar