1

Namanganning Chust tumanida 70 nafardan orti bola ommaviy zaharlangani aytildi. Viloyat SSB izoh berdi(video)

Salomatlik 22.09.2023, 00:01
Namanganning Chust tumanida 70 nafardan orti bola ommaviy zaharlangani aytildi. Viloyat SSB izoh berdi(video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chust tumanida 90 nafarga yaqin bola yod preparatidan zaharlangani aytildi. Viloyat SSB boshqarma boshlig`i holat bo`yicha bildirishnoma bilan chiqdi.

Unda aytilishicha, 2023 yilning 21 sentyabr kuni soat 16-00 dan boshlab, Chust tuman tibbiyot birlashmasi qabulxona bo`limiga tumanning maktabgacha ta`lim muassasalaridan bolalar tana haroratini ko`tarilishi, ayrimlarida qorin og`rig`i, ich surilishi va qusish shikoyatlari bilan bolalar marojaat eta boshlagan. 23-MTM dan 35 nafar, 51-MTM dan 20 nafar, 18-MTM dan 5 nafar, 36-MTM dan 3 nafar, 7- o`rta talim maktabidan 1 nafar, 43-MTM dan 1 nafar, 21-o`rta talim maktabidan 1 nafar, 30-MTM 2 nafar, 35-MTM dan 1 nafar 34-MTM dan 1 nafar, oilaviy MTM dan 1 nafar jami,  71 nafar bolalarni sog`lig`idan murojaat kelib tushgan.

“Boshqarma tomonidan zudlik bilan ishchi gurux tuzilib, surishtiruv va tekshiruv ishlari olib borildi. Hozirgi vaqtga 9 nafari holati yaxshi bo`lganligi sabab,  uyiga ruxsat berildi. Qolgan bolalar xolati nazoratda. Reanimasion bolalar yo`q. Barcha tekshiruvlar xulosasi chiqqach yakuniy ma`lumot beriladi”, deyilgan xabarda. 

                                                      

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1