AsosiyJamiyat

Sotuvga qo`yilgan "Sharq" nashriyoti va O`zA binosini sotuvdan olib tashlash bo`yicha ogohlantirish berildi

'Sotuvga qo`yilgan  "Sharq" nashriyoti va O`zA binosini sotuvdan olib tashlash bo`yicha ogohlantirish berildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “e-auksion” elektron savdo platformasi orqali Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko`chasi, 41 hamda 42-uy manzilida joylashgan mulkiy majmualar (7014597-lot raqami bilan ro`yxatga olingan) sotuvga qo`yilgani haqida xabar bergan edik.

Madaniy meros agentligi holat bo`yicha rasmiy munosabat bilan chiqdi

Ma`lumki, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko`chasi, 41-uy manzilida joylashgan binolar (“Sharq” nashriyoti matbaa korxonasi AJ binolari) O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil, 4 oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk obektlari milliy ro`yxatini tasdiqlash to`g`risida” 846-son qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko`chmas mulk obektlari milliy ro`yxatiga madaniy meros ob`ekti sifatida kiritilgan.

Obekt 1979-1983 - yillarda qurilgan jami 14 ta bino, 2 ta bino qismi hamda 5 ta inshootdan iborat bo`lib, umumiy maydoni 60 736,0 m2 ni tashkil etadi.

“Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq Davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros obektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emasligi belgilangan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi “Davlat mulkini boshqarish to`g`risida”gi O`RQ–821-son Qonunining 19-moddasi uchinchi xatboshiga asosan moddiy madaniy meros obektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bog`lari xususiylashtirilmaydigan davlat mulklari etib e`tirof etilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Madaniy meros agentligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ushbu madaniy meros obektini ausion savdolaridan olib tashlash yuzasidan 21 sentyabr kuni ogohlantirish berildi.

    Boshqa yangiliklar