AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Xitoy kompaniyasi krevetka etishtirishni yo`lga qo`ymoqchi

'O`zbekistonda Xitoy kompaniyasi krevetka etishtirishni yo`lga qo`ymoqchi'ning rasmi

"O`zbekbaliqsanoat" uyushmasi rahbariyati va Xitoyning Shandong Youfa Group kompaniyasi vakillari O`zbekistonda sanoat miqyosida krevetka etishtirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`zbekiston tomoni krevetka etishtirish uchun mavjud sharoitlar, tabiiy va sun`iy suv havzalarining holati, suv hajmi va sho`rlanish darajasi haqida ma`lumot berdi.

Xitoylik mutaxassislar, o`z navbatida, Xitoyda qisqichbaqa etishtirishning texnologiyalari, usullari, hajmlari va boshqa muhim jihatlarini tushuntirib berdilar.

Muzokaralar chog`ida Xitoy kompaniyasi vakillari O`zbekistonda krevetka etishtirishning to`rt xil usulini qo`llamoqchi ekanliklarini ta`kidladilar.

    Boshqa yangiliklar